Tanlov loyihalari: musiqiy-animatsion kliplar
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan oʻtkazilayotgan ijodiy tanlovlar uchun musiqiy-animatsion kliplar yoʻnalishida quyidagi ijodiy tashkilotlardan loyihalar qabul qilib olindi.
2025-yil 29-sentabr

• "United Soft" studiyasi;
• "Global animation" studiyasi;
• "Lola animation" studiyasi – 2 ta loyiha;
• "Favorite cinema" studiyasi;
• "Edu media corporation" studiyasi;
• "DIP animation" studiyasi;
• "Media films" studiyasi;
• "Xuroson animation studio" studiyasi – 2 ta loyiha;
• Oʻzbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi;
• "Astir animation studio" studiyasi – 2 ta loyiha;
• "Gumbaz animation" studiyasi;
• "Nukus animation" studiyasi;
• "Onvision" studiyasi;
• "ILOOMINA MEDIA" studiyasi;
• "Art Craft" studiyasi.
Musiqiy-animatsion kliplar yoʻnalishida tanlovlar quyidagi sohalar kesimida boʻlib oʻtadi:
Bolalarda harbiy-vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, ularda harbiy bo'lish hamda Vatan himoyasiga ishtiyoq uyg'otish – 4 qism.
Hamkor tashkilot – Mudofaa vazirligi.
Zilzila, is gazi, yong'in xavfsizligi va ochiq suv havzalarida cho'milish kabi holatlarda to'g'ri harakat qilish qoidalarini bolalarga sodda va oson tilda tushuntirish – 5 qism.
Hamkor tashkilot – Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Suvdan oqilona foydalanish, tejamkorlik va suv zaxirasini asrash – 1 qism.
Hamkor tashkilot – Suv xo'jaligi vazirligi.
Quyosh va shamol energetikasi, elektrni tejash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari haqida tushunchalar berish – 10 qism.
Hamkor tashkilot – Energetika vazirligi.
Bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish, tabiat muhofazasi va mamlakatimizning tarixiy joylari bilan tanishtirish – 10 qism.
Hamkor tashkilot – Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi.
Bolalar o'rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish, ularga o'z huquq va burchlarini anglatish, bolalar qonunbuzarligining oldini olish – 5 qism.
Hamkor tashkilot – Bosh prokuratura.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.
