Disney vitse-prezidenti Hayma Vashington bilan uchrashuv

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi delegatsiyasi AQSHning Los-Anjeles shahrida dunyoga mashhur "Disney" telekompaniyasi vitse-prezidenti, AQSH televideniye akademiyasi sobiq rahbari, yetti karra "Emmi" mukofoti sohibi Hayma Vashington bilan uchrashdi.

2025-yil 24-sentabr

Muzokaralar chog'ida O'zbekistonda bolalar kontentini yaratishni rivojlantirish, uni global bozorga olib chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Hayma Vashington "Disney" kompaniyasi O'zbekiston bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishga katta qiziqish bilan qarayotganini bildirdi.

Markaz direktori Jahongir Ahmedov Hayma Vashingtonga muzokaralarning yakuniy qismini Toshkentda o'tkazishni taklif qildi.

Hero background image