"AQSH bolalar televideniyesi otasi" Tommi Linch bilan uchrashuv

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi delegatsiyasi Los-Anjeles shahrida amerikalik mashhur prodyuser, "AQSH bolalar televideniyesi otasi", "Tom Lynch" kompaniyasi asoschisi Tommi Linch va uning o'g'li, kompaniya prezidenti Rayan Linch bilan uchrashdi.

2025-yil 29-sentabr

Uchrashuvda birgalikda yirik loyihalarni amalga oshirish, xususan, bir qator to'liq metrajli multfilmlarni global miqyosda ishlab chiqarib, xalqaro striming platformalari va kinoteatrlarda tarqatishga kelishildi. Tomonlar hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Ma'lumot uchun: "Tom Lynch" kompaniyasi "Disney", "Nickelodeon", "HBO" va "Netflix" uchun ko'plab seriallarni yaratgan. Xususan, kompaniya mahsuloti bo'lgan hamda 2023-2024-yillarda efirga uzatilgan bir qator seriallar AQSH va yevropalik yoshlar o'rtasida ancha ommalashgan.

Hero background image