14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!
Bugungi notinch dunyo mamlakat uchun kuchli armiya, yuksak ma’naviyatli va vatanparvar harbiylar naqadar muhim ekanini har qachongidan ham yaqqolroq namoyon etmoqda. Ammo kuchli armiya faqat qurol bilan emas, avvalo sog‘lom ong, to‘g‘ri tarbiya va yurakda Vatanga bo‘lgan muhabbat bilan shakllanadi.
2026-yil 14-yanvar
Vatanimizning bo‘lajak himoyachilari bugun bog‘chalarda, maktab partalarida o‘tiribdi. Ertangi osuda hayot aynan bugun bolalar qalbiga qanday g‘oya va qadriyatlar jo bo‘lishiga bog‘liq.
Shu bois bolalar ongini asrash, ularni yot g‘oyalardan himoya qilish, milliy faxr, tariximizga hurmat va yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalash har birimiz uchun eng muhim vazifadir.
Ushbu strategik va ulug‘ maqsad Bolalar kontentini rivojlantirish markazi faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi. Markazning har bir loyihasi bolalar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va buyuk ajdodlardan faxrlanish tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.
14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz tinchligi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha harbiylarni, ertangi kun himoyachilarini tarbiyalayotgan fidoyi insonlarni chin qalbdan tabriklaymiz. Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, farzandlarimiz esa Vatanini sevib, unga sadoqat bilan xizmat qiladigan avlod bo‘lib kamol topsin!
Vatan himoyasi — muqaddas burch!

