Bolalar kontentini rivojlantirish markazida Ekspertlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda Markaz tomonidan e’lon qilingan “Yoʻl-Bars berar dars” nomli bolalarga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatuvchi multserial tanloviga kelib tushgan loyihalar taqdimoti ko‘rib chiqildi.  

2025-yil 2-dekabr

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlarning onlayn qimor o‘yinlari va psixotrop moddalar savdosiga aralashib qolishining oldini olishga qaratilgan serial tanloviga yuborilgan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. 


Yig‘ilish davomida “Tiprabek” loyihasini ishga tushirish, Burro platformasini yaratish hamda “Yo‘l-Bars berar dars” o‘quv-qo‘llanmasi muhokama qilindi. 


Tadbir yakunida navbatdagi ijodiy loyihalar uchun tanlovlarni belgilangan tartibda eʼlon qilish va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. 

Hero background image