Gollivud bilan ko'prik
O'zbekistonlik yosh kinoijodkorlarga endi GOLLIVUD tajribasidan bevosita bahramand bo'lish imkoniyati yaratilmoqda!
2025-yil 30-sentabr
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori Jahongir Ahmedov The Los Angeles Film Schools prezidenti Temmi Elliot hamda boshqa mutassadilar bilan muzokaralar o'tkazdi.
Uning natijasi sifatida o'zbek kinoijodkorlari kelgisida Gollivudda maxsus oylik o'quv dasturlarida qatnashishi mumkin bo'lmoqda!
Eng quvonarlisi esa: The Los Angeles Film Schools OʻZBEKISTONda o'zining filialini ochish masalasini ko'rib chiqishga tayyorligini bildirdi!
Bu katta qadam kelajak avlod uchun yangi imkoniyatlar eshigidir!
Yangi g'oyalar!
Yangi bilimlar!
Va, albatta, bolalar uchun yangi, sifatli kontentlar! 💫
