Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori Jahongir Ahmedov "Lola animation" studiyasida boʻldi
Bu yerda Oʻzbekistondagi ilk toʻliq metrajli animatsion film – "Qahramonlar"ning ishlab chiqarilish jarayoni bilan tanishildi.
2025-yil 27-sentabr
"Lola animation" studiyasi rahbari A.Rahimjonov animatsiya jarayoning 85 foizi yakunlanganini, hozirgi bosqichda render va VFX (effektlashtirish) ishlari olib borilayotganini bildirdi. Shuningdek, color grading (ranglashtirish) jarayonlari ham boshlangan. Loyiha uchun Qozog'istondan render mutaxassislari ham jalb qilingan.
Bugungi kunda film ustida jami 150 nafarga yaqin mutaxassislar ishlamoqda. Ularning 38 nafari "Lola animation"ning doimiy jamoasi a'zolari bo'lsa, yana 50 nafarga yaqini freelance mutaxassislardir. Qolaversa, loyihada Eron, Hindiston hamda Qozog'istondan 50 nafarga yaqin animatorlar ham ishtirok etyapti.
"Qahramonlar" animatsion filmi Yangi yil bayrami arafasida bolajonlarga sovgʻa qilinishi rejalashtirilgan.






