“Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi”ning ovoz effektlari jahon darajasida boʻladi

Multfilm bosh kompozitori Sherzod Mardiyev hozir Hindistonda boʻlib turibdi.

2025-yil 6-dekabr

Dunyoning “Netflix”, “Disney”, “Sony Music”, “Amazon Prime” va boshqa koʻplab yirik kinokompaniyalari bilan hamkorlik qilib kelayotgan Hindistonning “Jam8 Studio” ijodkorlari ayni paytda “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” toʻliq metrajli animatsion filmining ovoz effektlari ustida ishlamoqda.


Jahon standartlariga mos, oʻzimizning milliy multfilm “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi”ning premyerasiga juda oz vaqt qolmoqda!


25-dekabr kuni Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida koʻrishguncha!

Hero background image