Tanlov loyihalari: hajviy kinojurnallar

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tomonidan oʻtkazilayotgan ijodiy tanlovlar uchun hajviy kinojurnallar yoʻnalishida quyidagi ijodiy tashkilotlardan loyihalar qabul qilib olindi.

2025-yil 29-sentabr

Tanlov loyihalari: hajviy kinojurnallar

• "Media house" studiyasi;

• "Favorite cinema" studiyasi;

• "Meros cinema film" studiyasi;

• "Envision" studiyasi;

• "Art Miks media" studiyasi;

• "Yoshlik" studiyasi;

• "ILOOMINA MEDIA" studiyasi;

• "Xuroson animation" studiyasi;

• "Art Craft" studiyasi.


Hajviy kinojurnallar yoʻnalishida tanlovlar quyidagi sohalar kesimida boʻlib oʻtadi:


Bolalarga shaxsiy gigiyena, noto'g'ri ovqatlanish, kam harakatlilik, uyqu rejimi buzilishi kabi sog'liqni saqlash bilan bog'liq muammolar va tibbiy madaniyat haqida tushuncha berish – 15 qism.

Hamkor tashkilotSog'liqni saqlash vazirligi.


Qishloq xo'jaligining turli yo'nalishlari bilan bog'liq voqealarni kulgili va ta'limiy tarzda tasvirlash – 5 qism.

Hamkor tashkilotQishloq xo'jaligi vazirligi.


Bolalarning mahallada jamoat ishlaridagi ishtiroki, keksalar va mahalladoshlar bilan o'zaro munosabatlarini aks ettirish – 15 qism.

Hamkor tashkilotOʻzbekiston mahallalari uyushmasi.


Bolalarga energiya resurslarini tejash, elektr tokidan to'g'ri foydalanish kabi ko'nikmalarni o'rgatish – 15 qism.

Hamkor tashkilotEnergetika vazirligi.


Bolalarni milliy madaniyat, san'at, adabiyot, tarix va ma'naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash – 20 qism.

Hamkor tashkilotDavlat aktivlarini boshqarish agentligi.


Bolalarning kundalik hayotida uchraydigan voqealarni qiziqarli syujetlar orqali yumor bilan ochib berish – 10 qism.

Hamkor tashkilotlarSirdaryo viloyati hokimligi va Xorazm viloyati hokimligi.


Sanoat obyektlari va attraksionlarda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ehtiyot bo'lish haqida bolalarga tushuncha berish – 5 qism.

Hamkor tashkilotSanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi.


Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

Hero background image