Turkiyalik dunyoga mashhur prodyuser TIMUR SAVJI Markaz bilan hamkorlik qiladi

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi direktori Jahongir Ahmedov “TIMS Productions” kompaniyasi asoschisi, dunyoga mashhur “Muhtasham yuz yil“ seriali prodyuseri, “Oltin palma“ xalqaro mukofoti sohibi Timur Savji bilan uchrashdi.

2025-yil 14-noyabr

Turkiyalik dunyoga mashhur prodyuser TIMUR SAVJI Markaz bilan hamkorlik qiladi

Timur Savji nafaqat Turkiya, balki xalqaro kinoindustriyada ham oʻz oʻrniga ega mashhur prodyuser sanaladi. Uning filmografiyasidan bugungi kungacha 40 dan ziyod turli janr va yoʻnalishlardagi kinofilmlar hamda seriallar oʻrin olgan boʻlib, ularning orasida eng mashhuri “Muhtasham yuz yil“ serialidir.


Mazkur serial 70 dan ortiq mamlakatga eksport qilingan. U Sharqiy Osiyodan Gʻarbiy Yevropagacha, Yaqin Sharqdan Lotin Amerikasigacha boʻlgan ulkan auditoriyani qamrab oldi. Bu esa Turkiya serial sanoatining dunyo miqyosida keng tan olinishi boʻldi va bunda Timur Savjining hissasi katta. 50 dan ortiq xalqaro tanlovlarda sovrin olgan ushbu serial Turkiyaga sayyohlar oqimining keskin oshishiga ham xizmat qilgan.


Uchrashuvda “TIMS Productions” kompaniyasi va Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tarixiy filmlar yaratish yoʻnalishida ssenariy mualliflari, libos rassomlari hamda dekorator rassomlarning malakasini oshirish boʻyicha hamkorlik qilishiga kelishib olindi.


Shuningdek, Markazning bir qator loyihalarida Timur Savjining xalqaro prodyuser sifatida ishtirok etishi masalasi ham muhokama qilindi.

Hero background image